Ma’muriyat va tuman bo‘limi
- Maktab, tuman va viloyat kesimida davomat
- Excel hisobotlar: kun, hafta, oy yoki istalgan oraliq
- Sinflar, smenalar va xodimlar boshqaruvi
- O‘quvchi va o‘qituvchi profillari, davomat tarixi
O‘quvchi yoki o‘qituvchi Face ID turniketdan o‘tishi bilan tizimda ko‘rinadi. Ota-onaga Telegram yoki SMS orqali xabar boradi, ma’muriyat esa hisobotni bir bosishda oladi.
Face ID turniket · Telegram va SMS xabar · Excel hisobot
Namuna: maktab kirishidagi turniketdan o‘tishlar va bugungi davomat jonli ko‘rinishda.
Bitta tizim, uchta ilova: ma’muriyat uchun veb-kabinet, maktab va ota-onalar uchun Telegram ilovalari.
O‘quvchi yoki o‘qituvchi maktab kirishidagi turniketdan o‘tadi: turniket uni yuzidan taniydi.
Vaqt darhol qayd etiladi: vaqtida keldimi yoki kechikdimi.
Ota-onaga Telegram yoki SMS orqali xabar boradi.
Sinf rahbari, direktor va tuman bo‘limi davomatni ko‘radi va hisobot oladi.
O‘quvchi yoki o‘qituvchi maktabga kelishi bilanoq tizimda ko‘rinadi.
Kunlik, haftalik, oylik — maktab, sinf yoki tuman kesimida, Excelda.
Ota-onalar va ma’muriyatga avtomatik xabarlar.
1- va 2-smena, dars vaqtlari, ta’til va bayram kunlari hisobga olinadi.
Davomat tarixi, kalendar va Face ID turniket uchun rasm.
Har kim faqat o‘z maktabi yoki sinfini ko‘radi. Parol va tasdiqlash kodi yoki Telegram orqali kirish.
Darsda.com — maktab davomat tizimi. O‘quvchi yoki o‘qituvchi maktab turniketidan o‘tishi bilan davomat tizimda ko‘rinadi, ota-onaga Telegram yoki SMS orqali xabar boradi, ma’muriyat esa hisobotni bir bosishda oladi.
Maktab kirishidagi Face ID turniket o‘tayotgan odamni yuzidan taniydi va har bir o‘tishni vaqti bilan tizimga yuboradi. Jurnalni qo‘lda to‘ldirish shart emas: kim vaqtida kelgani, kim kechikkani va kim kelmagani darhol ko‘rinadi.
Farzand turniketdan o‘tishi bilan ota-onaga Telegram yoki SMS orqali xabar boradi. «Darsda — Ota-onalar» Telegram ilovasida farzandning kelgan va ketgan vaqti hamda butun o‘quv yili davomati ko‘rinadi.
Maktab ma’muriyati, tuman va viloyat bo‘limlari — veb-kabinetda, direktor va sinf rahbarlari — maktab ilovasida, ota-onalar — ota-onalar ilovasida. Har kim faqat o‘ziga tegishli maktab, sinf yoki tumanni ko‘radi.
Kunlik, haftalik, oylik yoki istalgan davr uchun — maktab, sinf yoki tuman kesimida, Excel faylida. 1- va 2-smena, dars vaqtlari, ta’til va bayram kunlari hisobga olinadi.
O‘quvchi va o‘qituvchilarning rasmi tizimga yuklanadi. Maktab kirishidagi Face ID turniket odamni yuzidan taniydi va o‘tish vaqti darhol davomatga yoziladi: vaqtida keldimi yoki kechikdimi. Ota-onaga shu zahoti xabar boradi.
Elektron davomat — davomatni qog‘oz jurnalda emas, tizimda yuritish. Darsda.com’da uni hech kim qo‘lda kiritmaydi: o‘quvchilar va o‘qituvchilar davomati turniketdan avtomatik yoziladi, hisobotlar esa Excel faylida olinadi.
Darsda.com maktablar uchun yaratilgan va 200+ maktabda ishlaydi. Bog‘cha, litsey, kollej, oliy o‘quv yurtlari (institut va universitetlar), o‘quv markazi va boshqa tashkilotlar ham ulanishi mumkin — bizga yozing.
Bizga qo‘ng‘iroq qiling yoki elektron pochta orqali yozing — ulash tartibini tushuntirib beramiz: +998 97 980 04 01, nfactorialuz@gmail.com
Maktabingizni ulash yoki savol berish uchun qo‘ng‘iroq qiling yoki yozing — javob beramiz.